Surxondaryoda sodir bo`lgan baxtsiz hodisa sabab ikki kishi halok bo`ldi, yana bir inson esa jarohatlangan. Bu haqda "darakchi.uz" manbasi xabar qilmoqda.
Ma`lum bo`lishicha, kecha, 19 oktyabr kuni soat 09:30larda Denov tumanidagi gaz "zaprvaka"da “Vaz 2106 Jiguli” rusumli avtomobilning yukxonasiga joylashtirilgan metan gaz ballonining yoniga qo`lbola usulda qo`shimcha ravishda o`rnatilgan propan gaz balloni bosimga bardosh bera olmaganligi oqibatida portlab ketgan.
Portlash oqibatida 2 nafar fuqaro voqea joyida vafot etgan, "Jiguli" haydovchisi esa tan-jarohati olib, tuman shifoxonasiga yotqizilgan. Vafot etganlarning biri "zapravka" ishchisi, ikkinchisi esa navbatda turgan haydovchilardan biri bo`lgan.
Mazkur xolat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmokda.






