“O`zgidromet” xabariga ko`ra, bugun kunduzi respublika bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm viloyatida ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, cho`l hududlarda kechga tomon biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 22-27° bo`ladi.
Poytaxtimizda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 23-25° bo`ladi.
Tog`li hududlarda kunning ikkinchi yarmida ayrim joylarda biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 15-20° iliq bo`ladi.






