AsosiyDunyo

Rishi Sunak Isroilga keldi

'Rishi Sunak Isroilga keldi'ning rasmi

Buyuk Britaniya bosh vaziri Rishi Sunak Tel-Avivga kelib qo`ndi. U bu erda Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu va prezident Ishoq Gersog bilan uchrashmoqchi, deya xabar bermoqda Zamon.uz.

Buyuk Britaniya bosh vaziri matbuot xizmati xabar berishicha, Sunak Isroil rasmiylari bilan G`azo sektori uchun insonparvarlik yordami etkazib berish va anklav aholisini xavfsiz hududga ko`chirish masalalarini muhokama qilmoqchi. 

Britanlar bosh vaziri Tel-Aviv aeroportida o`zini qarshi olgan jurnalistlar qarshisida HAMASning Isroilga 7 oktyabr kuni uyushtirgan hujumini «qo`rqinchli» terakt deb atagan.

U Buyuk Britaniya Isroilni qo`llashini tasdiqlagan.

«Men bosh vazir va prezident bilan uchrashuvlarni intiqlik bilan kutmoqdaman, ular samarali bo`lishiga umid qilaman», — degan Sunak.

Britanlar bosh vaziri Tel-Avivga mahalliy vaqt bilan soat 09:00 atrofida kelib qo`ndi. U 18 oktyabr kuni kechqurun Kiprga uchgandi, u erdan Isroilga yo`l olgan.

Sunak endi yaqin soatlar ichida Isroil rahbarlari bilan uchrashish uchun Quddusga (Ierusalim) yo`l oladi.

18 oktyabr kuni AQSh prezidenti Jo Bayden Isroilga tashrif buyurgandi. Yaqin vaqtlar ichida Fransiya prezidenti Emmanuel Makron ham kelishi kutilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar