AsosiyJamiyat

Endi bog`chaga yo`llanma olish uchun Davlat xizmatlari markaziga borish shart emas

'Endi bog`chaga yo`llanma olish uchun Davlat xizmatlari markaziga borish shart emas'ning rasmi

Endilikda, bog`chaga shakllangan yo`llanmani olishga Davlat xizmatlari markaziga borish shart emas. Adliya vazirligi, Maktabgacha ta`lim agentligi va Raqamli texnologiyalar vazirligi birgalikda fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida yana bir byurokratiyaga chek qo`yishdi.

Xabaringiz bor, bugungi kunga qadar farzandingizni bog`chaga joylashtirish uchun yo`llanmani Davlat xizmatlari markazidan (agar markaz orqali yuborilgan bo`lsa) olishingiz lozim edi va buning uchun Siz vaqt va mablag` kabi omillarga duch kelgansiz.

Yangi tartib bilan bunday ovoragarchiliklar endi bo`lmaydi!

Qanday deysizmi?

Endilikda, yo`llanma shakllanishi bilan Sizga SMS xabar orqali ariza raqami va maxfiy kod yuboriladi. Ushbu maxfiy kod bilan Siz to`g`ridan-to`g`ri bog`chaga borishingiz va mudiraga aytishingiz kifoya.

Asosiysi, Sizga shakllangan yo`llanmani tasdiqlovchi maxfiy kodi MTM mudirasiga aytilmaguncha u yo`llanmani ko`ra olmaydi va bu bilan korrupsiya holatlari oldi olinadi.

Yana bir ahamiyatli jihati, birgina 2022 yilning ozida bog`chaga joylashtirish uchun 1 405 424 ta, 2023 yilning 9 oyi mobaynida esa 1 022 065 ta yo`llanma shakllangan. Bu degani, ushbu qulaylik orqali fuqarolarning nafaqat vaqti balki har yili 1.2 milliondan ortiq (6 tonna) qog`oz tejalishiga erishiladi.

    Boshqa yangiliklar