AsosiyDunyo

AQShda namoyishchilar Vashingtondagi Kongressining eng qadimiy ofisiga bostirib kirishdi

'AQShda namoyishchilar Vashingtondagi Kongressining eng qadimiy ofisiga bostirib kirishdi'ning rasmi

AQShda namoyishchilar Vashingtondagi Kapitoliy xolmida Kongressining eng qadimiy ofisi — Kannon Housga bostirib kirishdi. Bu haqda Axios xabar bermoqda.

Namoyishchilar Kongressning boshqa binolari kabi namoyish o`tkazish taqiqlangan Kannon Housda miting uchun yig`ilgan. Ular G`azo sektorida o`t ochishni to`xtatishni talab qilgan. Miting ishtirokchilarini tarqatish uchun ofiserlar ularga ogohlantirish bergan. Bu talabga rioya qilinmaganidan keyin namoyishchilarni hibsga olish boshlangan.

Falastin tarafdorlarining Kannon Hous atrofida to`planishi transport harakatini to`sib qo`ydi. Polisiya ma`lumotlariga ko`ra, kamida uch namoyishchi ofiserlarga hujum qilganlikda gumonlanib hibsga olingan. OAV mitingda polisiya yuzlab namoyishchilarni hibsga olgani haqida yozdi.

    Boshqa yangiliklar