7 oktyabrdan beri Facebook va Instagram HAMASni qo`llab-quvvatlovchi 795 mingdan ortiq postlarni o`chirib tashladi. Xuddi shunday choralar avvalroq X, YouTube, TikTok va Telegramda xabar qilingan edi.
Hamas muallifligidagi va Falastin islomiy harakatini qo`llab-quvvatlovchi nashrlarni bloklaydi, deyiladi Amerika kompaniyasi Meta Platforms Inc. tashkilot bayonotida.
Kompaniya Hamasning Isroilga qarshi "shafqasiz terrorchilik hujumlarini" qoraladi. “Kompaniyaning ekspertlar guruhlari tunu kun platformalarimizni kuzatib boradi, shu bilan birga odamlarning dunyo bo`ylab ro`y berayotgan muhim voqealarni yoritish uchun ilovalardan foydalanish imkoniyatlarini himoya qiladi”, — deyiladi nashrda.
“Bizning platformalarimizda HAMAS taqiqlangan va biz uni maqtash va qo`llab-quvvatlovchi postlarni olib tashlaymiz, ijtimoiy va siyosiy munozaralar – yangiliklar hisobotlari, inson huquqlari masalalari yoki akademik, neytral va mulohazali muhokamalarga ruxsat beramiz”, — deya aniqlik kiritdi Meta.






