AsosiyJamiyat

Namangan va Andijon FVBlariga yangi boshliq tayinlandi

'Namangan va Andijon FVBlariga yangi boshliq tayinlandi'ning rasmi

Favqulodda vaziyatlar vazirining tegishli buyrug`i bilan polkovnik Egamnazarov Bunyod Soxibnazarovich Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig`i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda FVV Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tayinlovga qadar polkovnik Egamnazarov Bunyod Soxibnazarovich Namangan shahar Favqulodda vaziyatlar bo`limi boshlig`i lavozimida faoliyat yuritgan.

Shuningdek, Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga yangi boshliq tayinlandi.

O`zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining tegishli buyrug`i bilan polkovnik Ashurov Botir Muqimovich Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig`i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar polkovnik Ashurov Botir Muqimovich Farg`ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig`ining birinchi o`rinbosari - Shtab boshlig`i lavozimida faoliyat yuritgan.

    Boshqa yangiliklar