AQSh prezidenti Jo Bayden Filadelfiyadagi tadbirda sahnaga chiqishga urinayotganda yana zinapoyada qoqilib ketdi.
Tadbir translyasiyasidan ma`lum bo`lganidek, 2024 yilda yangi muddatga qayta saylanish niyatida bo`lgan 80 yoshli amerikalik etakchi sahnaga chiqish uchun bor-yo`g`i besh qadamni bosib o`tishi kerak edi.
Bayden bu masofani muammosiz bosib o`ta olmadi va ikki marta qoqilib ketdi, lekin panjaradan ushlab oyoqqa turdi.
Qayd etilishicha, prezident jamoasi tomonidan bo`lajak saylovlarda uning xalq oldida qoqilib ketishining oldini olish bo`yicha qo`shimcha choralar ko`rilmoqda.






