Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi bir necha chinorlar tag-tugi bilan kesilgani aks etgan videolar tarqalib, ko`plab muhokamalarga sabab bo`ldi.
Holat yuzasidan poytaxt Ekologiya boshqarmasi munosabat bildirdi.
O`rganishlar natijasida videoda aks etgan holat Yunusobod tumanidagi “Akbarobod” mahallasi, 3-mavzesi hududida yuz bergani aniqlangan.
Ma`lum qilinishicha, ushbu daraxtlar tabiiy omillar ta`siri oqibatida zararlanib, qurib qolgani hamda hozirgi ob-havo sharoitida aholining hayoti va mol-mulkiga jiddiy ziyon etkazishi aniqlangan. Potensial xavfning oldini olish maqsadida daraxtlar tuman ekologik nazorat inspeksiyasi mutasaddi xodimlarining nazorati ostida kesilgan.
Shuningdek, bu bo`yicha tegishli ruxsatnoma shakllantirilgani ham aytilgan.






