Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari 2023 yilning yanvar-avgust oylarida O`zbekistonning meva-sabzavot mahsulotlari eksportini tahlil qildi. Bu haqda institut teleram kanalda e`lon qildi.
2023 yilning yanvar-avgust oylari davomida xorijiy mamlakatlarga umumiy qiymati 763,6 million AQSh dollariga teng bo`lgan 1 246,9 ming tonna meva-sabzavot mahsulotlari eksport qilingan. Bu esa 2022 yilning shu davridagiga nisbatan 16,7 foiz ko`p demakdir.
Meva-sabzavotlar eksportida qiymat jihatidan eng katta ulushni shaftoli (nektarin) – 8,8 foiz, gilos – 6,9 foiz, piyoz – 6,9 foiz, uzum – 6,1 foiz, mayiz – 5,5 foiz, o`rik – 4,3 foiz, qovun va tarvuz – 4,8 foiz, pomidor – 3,3 foiz egalladi.
2023 yilning yanvar-avgust oylarida eksportning umumiy hajmida meva-sabzavotlar ulushi 4,6 foizni tashkil etgan.
O`zbekiston meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari Rossiya (42,0 foiz), Pokiston (15,4 foiz), Qozog`iston (12,1 foiz), Qirg`iziston (8,4 foiz), Xitoy (8,3), Turkiya (2,2 foiz), Belarus (1,6 foiz), Afg`oniston (1,3 foiz), Eron (0,9 foiz), Iroqdir (0,9 foiz).






