AsosiyDunyo

Qirg`iziston Rossiya bilan yagona mintaqaviy havo mudofaa tizimini yaratmoqda

'Qirg`iziston Rossiya bilan yagona mintaqaviy havo mudofaa tizimini yaratmoqda'ning rasmi

Qirg`iziston parlamenti Rossiya Federasiyasi bilan yagona mintaqaviy havo hujumidan mudofaa tizimini yaratish bo`yicha kelishuvni ratifikasiya qildi.

Ushbu maqsadlar uchun Rossiyaning Kant shahridagi aviabazasi yaqinida 5 gektar er uchastkasi ajratilgan.

Qirg`iziston parlamenti deputatlari “Qirg`iziston Respublikasi va Rossiya Federasiyasi o`rtasida havo mudofaasining yagona mintaqaviy tizimini yaratish to`g`risidagi bitimni ratifikasiya qilish to`g`risida”gi qonun loyihasini qabul qildi.

Hujjat uch o`qishda qabul qilindi.

Qonun loyihasi tashabbuskori Qirg`iziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Raisi hisoblanadi.

Bitim asosida Rossiya va Qirg`izistonning yagona mintaqaviy havo mudofaa tizimi yaratilmoqda.

Qirg`iziston Mudofaa vaziri o`rinbosari Almazbek Karasartov ta`kidlashicha, ushbu maqsadlar uchun Rossiyaning Kant shahridagi aviabazasi yaqinidan 5 gektar er uchastkasi ajratilgan.

    Boshqa yangiliklar