Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatidagi xonadonlarga qonli suv kelayotgani tasvirlangan video tarqaldi.
Shahar hokimligi mazkur holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.
Ma`lum qilinishicha, kecha, 9 oktyabr kuni Olmaliq shahrining “Ramazon” mahallasidagi bir necha xonadondagi ichimlik suvi jo`mraklaridan qon aralash ichimlik suvi oqishi kuzatilgan.
Shahar “Suv ta`minoti” korxonasi mas`ullarining holat yuzasidan bergan dastlabki ma`lumotlariga ko`ra, bu kushxonadagi oqova suv va quvur teshilishi oqibatida ichimlik suvining o`zaro qo`shilib ketishi sababli kelib chiqqan.
“Ushbu holat zudlik bilan mas`ullar tomonidan nazoratga olinib, hozirda ta`mirlash-tiklash ishlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.






