AsosiyDunyo

Avstriyada ikki o`zbekistonlik YTHga uchrab, kasalxonaga yotqizildi

'Avstriyada ikki o`zbekistonlik YTHga uchrab, kasalxonaga yotqizildi'ning rasmi

Joriy yilning 4 oktyabr kuni Avstriyaning Karintiya federal eri Diks shahri yaqinida o`quv samolyotida bo`lgan ikki nafar O`zbekiston fuqarosi falokatga uchradi.

O`zbekiston elchixonasi xabariga ko`ra, 21 yoshli K.N. va A.X. Sloveniyadagi Aviation Career Center aviamaktabining talabalari va hozirda Karintiya federal eri klinikalarda davolanmoqda.

O`zbekiston diplomatlari vatandoshlar bilan bog`langan. Shifokorlarning xabar berishicha, K.N. va A.X.ga zarur yordam ko`rsatilmoqda.

Elchixona Karintiya huquq-tartibot idoralari vakillari, tibbiyot muassasalari ma`muriyati va boshqa tegishli tashkilotlar bilan aloqa o`rnatgan va vaziyatni nazoratga olgan.

    Boshqa yangiliklar