"O`zgidromet" markazi 10-11 oktyabr kunlari mamlakatimizda kuzatiladigan ob-havo ma`lumotlarini e`lon qildi.
QORAQALPOG`ISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM VILOYaTI
Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat 11 oktyabrda ba`zi joylarda yomg`ir yog`ishi mumkin.
Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 10 va 12 otabrda ba`zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zoni bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 10 oktyabrda kechasi 7-12°, kunduzi 20-25°; 11 oktyabrda kechasi 5-10°, kunduzi 15-20°; 12 oktyabrda kechasi 5-10°, kunduzi 12-17° bo`ladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, 10 oktyabrda yog`ingarchilik kutilmaydi. 11-12 oktyabrda ba`zi joylarda yomg`ir yog`ishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 11-12 otabrda ba`zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zoni bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 10 oktyabrda kechasi 9-14°, kunduzi 25-30°; 11 oktyabrda kechasi 11-16°, kunduzi 25-30°; 12 oktyabrda kechasi 11-16°, kunduzi 20-25° bo`ladi.
TOShKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYo VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, 10-11 oktyabrda yog`ingarchilik kutilmaydi. 12 oktyabrda ba`zi joylarda yomg`ir yog`ishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 11-12 otabrda ba`zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zoni bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 10 oktyabrda kechasi 9-14°, kunduzi 25-30°; 11 oktyabrda kechasi 11-16°, kunduzi 25-30°; 12 oktyabrda kechasi 11-16°, kunduzi 22-27° bo`ladi.
QAShQADARYo, SURXONDARYo VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, 10-11 oktyabrda yog`ingarchilik kutilmaydi. 12 oktyabrda ba`zi joylarda yomg`ir yog`ishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 12 otabrda ba`zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zoni bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 10 oktyabrda kechasi 10-15°, kunduzi 27-32°; 11 oktyabrda kechasi 12-17°, kunduzi 27-32°; 12 oktyabrda kechasi 12-17°, kunduzi 24-29° bo`ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG`ONA VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12°, kunduzi 24-29° bo`ladi.
RESPUBLIKANING TOG` OLDI VA TOG`LI HUDUDLARI
Havo o`zgarib turadi, 10-11 oktyabrda yog`ingarchilik kutilmaydi, 12 oktyabrda ba`zi joylarda yomg`ir yog`ishi mumkin.. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 12 otabrda ba`zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 10-11 oktyabrda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 15-20°, 12 oktyabrda kechasi 8-13° iliq, kunduzi 12-17° bo`ladi.






