AsosiyJamiyat

Sergelidan Karvon bozoriga qatnaydigan avtobus yo`nalishi "Ippadrom"gacha qisqartirildi

'Sergelidan Karvon bozoriga qatnaydigan avtobus yo`nalishi "Ippadrom"gacha qisqartirildi'ning rasmi

2023 yil 12 oktyabr kunidan boshlab,  105-sonli “Sergeli mavzesi - Karvon bozori” avtobus yo`nalishi harakati Karvon bozori bekatidan Chilonzor buyum bozori bekatigacha qisqartiriladi. Bu haqda "Toshshahartransxizmat” Axborot xizmati xabar berdi.

Qisqartirishdan so`ng 105-sonli yo`nalish “Sergeli mavzesi – Chilonzor buyum bozori” oralig`ida harakatlanadi.

105-sonli yo`nalish xizmatlaridan foydalanuvchi yo`lovchilar Karvon bozori bekatigacha etib olish uchun 31, 59, 73, 121 va 147-sonli avtobus yo`nalishlari xizmatlaridan foydalanishlari imkoniyati mavjudligini ma`lum qilamiz.

 

    Boshqa yangiliklar