AsosiyDunyo

Qozog`iston fuqaroligini olganlarning eng ko`pini o`zbekistonliklar tashkil etdi

'Qozog`iston fuqaroligini olganlarning eng ko`pini o`zbekistonliklar tashkil etdi'ning rasmi

Bu yil Qozog`iston fuqaroligini olganlarning 50 foizdan ortig`i O`zbekistondan kelgan. Bu haqda Qozog`iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati xabar bergan.

Vazirlik xabarida ta`kidlanishicha, joriy yil boshidan buyon O`zbekistondan 8,5 ming kishi Qozog`iston fuqaroligini olgan. Hammasi bo`lib, ko`rib chiqilayotgan davrda 14,5 ming nafar chet el fuqarosi Qozog`iston Respublikasi fuqaroligiga aylandi.

Rasmiy ma`lumotlarga ko`ra, Qozog`istonga 25 yil davomida 957 764 nafar, ularning avlodlari hisobga olinsa, davlat ko`chirish dasturi yordamisiz kelganlar esa 1 milliondan ortiq kishi kelgan.

Qozog`iston Respublikasi fuqaroligini olganlar soni bo`yicha Rossiya O`zbekistondan keyin ikkinchi o`rinda – 2023 yilda 2,1 ming kishi ko`k rangli pasport olgan. Bundan tashqari, Turkmanistondan 1,2 ming, Xitoydan 1 ming va Qirg`izistondan 718 kishi qo`shni davlat fuqaroligiga aylandi.

 

    Boshqa yangiliklar