Qirg`izistonda burqa kiyish taqiqlanishi kerak, dedi deputat Sharapat Majitova, bu borada O`zbekistonni misol qilib keltirar ekan. Bu haqda "Sputnik Qirg`iziston" xabar qilmoqda.
Uning so`zlariga ko`ra, so`nggi paytlarda bunday kiyim kiyadigan ayollar soni ko`paygan.
"Ro`mol o`rashga qarshi emasman, hamma ro`mol o`rasin. Lekin yuzni berkituvchi, shaxsni aniqlashga imkon bermaydigan kiyim kiyish mamlakat xavfsizligiga zarar etkazishi mumkin. Davlat choralarini ko`rish vaqti keldi", - dedi deputat.
Eslatib o`tamiz, sal avval O`zbekiston Qonunchilik palatasi deputatlari Jinoyat va Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodekslariga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritishga oid qonunni ko`rib chiqdi. Unga ko`ra, jamoat joylarida shaxsini identifikasiya qilish imkonini bermaydigan darajada yuzini to`sgan holda bo`lganlik uchun — ma`muriy javobgarlik belgilanmoqda. Deputat Alisher Qodirov Qonun loyihasida aks etgan taqiq muhokamalarga sabab bo`lgach, ushbu tartib nima uchun muhimligini tushuntirgan edi.






