AsosiyJamiyat

Qizlari bilan xalqaro terrorchilik tashkiloti jangarilari a`zosi bo`lgan o`zbekistonlik ayol qidirilmoqda (video)

'Qizlari bilan xalqaro terrorchilik tashkiloti jangarilari a`zosi bo`lgan o`zbekistonlik ayol qidirilmoqda (video)'ning rasmi

Ikki qizi bilan Suriyadagi xalqaro terrorchilik tashkiloti jangarilari a`zosi bo`lgan o`zbekistonlik ayol qidirilmoqda. Bu haqda poytaxt IIBB axborot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko`ra, 1981 yilda Toshkent shahrida tug`ilgan L.M. 2015 yilda Moskvada yashovchi D. ismli erkak bilan “Odnoklassniki”da tanishib qolgan. Erkak Rossiyada diniy erkinlik borligini aytib, uni Rossiyaga kelishga undagan. Shundan so`ng ayol 2015 yil avgust oyida farzandlari bilan Rossiyaga etib borgan. 

U Moskva shahrida “jihodchilar” diniy ekstremistik oqimining a`zosi bo`lgan D. da`vatlari asosida Ozarbayjon orqali Turkiyaga “hijrat” qilgan. Ushbu davlatdan aylanma yo`llar orqali Suriyaga o`tib, IShID tarkibidagi “Hay`at taxrir ash-sham” xalqaro terrorchilik tashkilotining jangarilariga borib qo`shilgan. 

Shuningdek, ayolning ikki qizi ham onasi bilan birgalikda mazkur xalqaro terrorchilik tashkilotining jangarilariga qo`shilgan. Hozirda ularga nisbatan huquq tartibot idoralari tomonidan Jinoyat kodeksining 244-moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, qidiruv e`lon qilingan.

    Boshqa yangiliklar