Mashhur teleyulduz 4-8 sentyabr kunlari kelgusi yil bahorda poytaxtimizda o`tkazilishi rejalashtirilayotgan Xalqaro Feerveyk festivali loyihasini vazirlik va idoralar hamda shahar keng jamoatchiligi vakillariga taqdim etadi. Bu haqda Darakchi.uz muxbiri xabar berdi.
Milliy matbuot markazida o`tkazilgan anjumanda rossiyalik teleyulduz hamda Slovakiyaning O`zbekistondagi Faxriy konsuli Vasiliy Shimko ham ishtirok etdi. Unda bilidirilishcha ushbu yulduzli jamoa poytaxtimizga katta loyihalar bilan kelgan. Ya`ni ular taklif etayotgan loyiha O`zbekistonlik hamkorlar bilan birga yurtimizda ilk bora Xalqaro feyrveyk festivalini o`tkazish.
Tashkilotchilarning bildirishicha ushbu festival 2024 yilning bahorida, ya`ni “Navro`z” ayyomi arafasida o`tkazilishi rejalashtirilgan va unda 20 ga yaqin xorijiy davlatlardan mutaxassislar jamoalari ishtirok etishi kutilmoqda.






