Qashqadaryoda kadastr bo`limi boshlig`iga nisbatan tuhmat qilgan shaxsga chora ko`rildi. Bu haqda "darakchi.uz"ga Kadastr agentligining Qashqadaryo viloyati boshqarmasi xabar bermoqda.
Ma`lum bo`lishicha, ijtimoiy tarmoqda fermer xo`jaligi raisining video murojaati e`lon qilinib, unda Kadastr bo`limi boshlig`i fermerning eriga kelib, artezan kovlashiga to`sqinlik qilayotgani, faoliyatiga halal berayotgani iddao qilingan edi. Mazkur holat Viloyat boshqarmasi tomonidan o`rganilib, raddiya berilgan.
Jinoyat ishlari bo`yicha G`uzor tumani sudida ijtimoiy tarmoqlar orqali Kadastr agentligining G`uzor tumani bo`limi boshlig`iga nisbatan tuhmat qilinishi holati bo`yicha ish ko`rib chiqildi.
Huquqbuzarga nisbatan O`zbekiston Respublikasi MJtKning 41-moddasi bilan shu Kodeksning 33-moddasini qo`llab, BHMning 2 baravari miqdorida 660 ming so`m jarima jazosi, O`zbekiston Respublikasi MJtKning 40-moddasi bilan shu Kodeksning 33-moddasini qo`llab, 2.310.000 so`m jarima jazosi, O`zbekiston Respublikasi MJtKning 34-moddasi tartibida fermer xo`jaligi raisiga uzil-kesil 2.310.000 so`m miqdorida jarima jazosi tayinlandi.






