6 sentyabr kuni Tel-Aviv shahrida O`zbekiston va Isroil aviasiya ma`muriyatlari tomonidan “O`zbekiston Respublikasi Hukumati va Isroil Davlati Hukumati o`rtasida tuzilgan havo transporti to`g`risida Bitim” ga o`zgartirish kiritish to`g`risidagi bayonnoma imzolandi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, Isroil davlati transport va yo`l harakati xavfsizligi vaziri Miri Regev va O`zbekistonning Isroildagi favqulodda va muxtor elchisi Feruza Maxmudova tomonidan imzolangan hujjatda ikki davlat o`rtasida havo qatnovini amalga oshirish uchun aviatashuvchilar soni va yo`nalishlari bo`yicha belgilangan cheklovlar olib tashlanishi nazarda tutilgan.






