AsosiyJamiyat

Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni ishga olganlarga subsidiya beriladi

'Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni ishga olganlarga subsidiya beriladi'ning rasmi

“Aholining ijtimoiy ehtiyojmand ayrim toifalarini qo`llab-quvvatlash va ularning bandligiga ko`maklashish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Hukumat qarori  qabul qilindi. Bu haqda Huquqiy axborot xabar bermoqda.
Qarorga ko`ra, 2023 yil 1 oktyabrdan jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga har bir shaxs uchun 3 oydan ortiq muddatda mehnat faoliyatini davom ettirgandan so`ng BHMning 3 baravari (990 ming so`m) miqdorida bir martalik subsidiya ajratiladi.
Byudjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav (fondi) kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo`lgan yuridik shaxslar bundan mustasno.
 2025 yil 1 yanvargacha tadbirkorlarga jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarning nazoratda bo`lgan (probasiya) davrida mehnatga haq to`lash tarzidagi daromadlari bo`yicha to`langan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig`ini qaytarib berish tizimi joriy etiladi.
 Shuningdek, 2023 yil 1 oktyabrdan quyidagilar yo`lga ko`yiladi:
- “Ishga marhamat” monomarkazlari va kasb-hunarga o`qitish markazlarida jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarga kasb-hunar va tadbirkorlik ko`nikmalarini o`rgatish;
- jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni tashkilotlardagi mavjud bo`sh (vakant) hamda zaxiraga qo`yiladigan ish o`rinlariga ishga joylashtirish tizimi.
 Qaror bilan Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga Bandlikka ko`maklashish davlat jamg`armasi mablag`lari hisobidan subsidiya berish tartibi to`g`risidagi nizom qabul qilindi.
Unga ko`ra, ish beruvchilar jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxsni ishga qabul qilgandan so`ng 3 oydan ortiq muddatda mehnat faoliyatini davom ettirgandan keyin subsidiya olish uchun tuman (shahar) kambag`allikni qisqartirish va bandlikka ko`maklashish bo`limlariga yozma ravishda yoki YaIDXP (my.gov.uz) orqali murojaat qiladi.
 

    Boshqa yangiliklar