AsosiyJamiyat

O`zbekistonda paxta narxini pasaytirish taklif qilinmoqda

'O`zbekistonda paxta narxini pasaytirish taklif qilinmoqda'ning rasmi

O`zbekistondagi paxta-to`qimachilik klasterlari paxta hosilining narxini kamaytirish taklifini o`rtaga tashlamoqda. Bu haqda O`zbekiston Milliy axborot agentligi xabar berdi. 

Unga ko`ra, o`tgan yili paxta hosili bo`yicha jahon bozori bilan ichki bozordagi tola narxi o`rtasida katta tafovut bo`lgan. Buning oqibatida klasterlar 6 trillion so`m (500 million AQSh dollariga yaqin) zarar ko`rgan.

2022 yilda Qishloq xo`jaligi vazirligi O`zbekistonda etishtiriladigan 1 kg uchun o`rta turdagi paxta xomashyosining eng kam xarid narxini 10 ming 25 so`m etib belgiladi, jahon bozorida esa narx ikki barobar past bo`lgan.

Joriy yilgi paxta terimi jarayoni boshlangan, paxta narxi esa hozircha rasman belgilangani yo`q.

Ma`lumotlarga ko`ra, hozir “O`zto`qimachiliksanoat” uyushmasi klasterlarning bu taklifini ko`rib chiqmoqda. 

    Boshqa yangiliklar