Vazirlar Mahkamasi qarori (443–son, 04.09.2023 y.) bilan Hukumatning ayrim qarorlariga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritildi.
Qarorga ko`ra:
Jismoniy shaxslar tomonidan olib kirilayotgan va olib chiqib ketilayotgan 100 million so`m ekvivalentidan ortiq miqdordagi O`zbekiston Respublikasining naqd valyutasi va (yoki) naqd chet el valyutasi yo`lovchi bojxona deklarasiyasini to`ldirish va bojxona organi xodimiga taqdim etish yo`li bilan bojxona nazoratidan o`tkaziladi. Ilgari 70 million so`m edi.
Jismoniy shaxslar deklarasiya to`ldirish talab etiladigan belgilangan ekvivalentdan ortiq miqdordagi naqd valyuta mablag`larini bojxona nazorati shakllari qo`llanilmasdan oldin deklarasiyalamagan holda bojxona organlari xodimlariga maslahat olish maqsadida taqdim etganda, bojxona organlari xodimlari tomonidan jismoniy shaxslarga deklarasiya to`ldirish qoidalari bilan bog`liq umumiy tushuntirishlar beriladi. Ilgari bu qoida mavjud emas edi.
Ushbu qaror rasmiy e`lon qilingan kundan e`tiboran 3 oy o`tgach kuchga kiradi.






