AsosiyJamiyat

Andijonda Nexia va Matiz ishtirokida YTH sodir bo`ldi

'Andijonda Nexia va Matiz ishtirokida YTH sodir bo`ldi'ning rasmi

Bugun, 5 sentyabr kuni Andijon shahrida ikkita avtomashina ishtirokida yo`l-transport hodisasi sodir bo`ldi. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar berdi.

Holat soat 14:30 larda Andijon shahar “Islomobod” MFY Toshkent ko`chasida yuz bergan.  1993 yilda tug`ilgan haydovchi O.R. Nexia rusumli transport vositasida yo`lning belgilanmagan qismidan qayrilib olayotgan vaqtida,o`z yo`nalishida kelayotgan Matiz rusumli transport vositasi bilan to`qnashgan.

YTH oqibatida har ikkala transport vositalari texnik shikastlangan, tan jarohati olganlar yo`q.

    Boshqa yangiliklar