Qozog`iston prezidenti Qosim-Jo`mart To`qaev harbiy xizmatchilar bilan muloqot vaqtida armiyani tayyor turishga chaqirdi. Bu haqda Akorda xabar berdi.
”Bugungi kunda jahon mudofaa tizimida keng ko`lamli o`zgarishlar ro`y bermoqda. Urushning gibrid turlari keng tarqalmoqda. Hujumlar nafaqat harbiy, balki axborot, psixologik, siyosiy, iqtisodiy ham bo`lishi mumkin. Shuning uchun Qozog`iston Qurolli kuchlari har qanday chaqiriqlarga tayyor turishi kerak. Bu zamonaviy professional armiyaga qo`yiladigan asosiy talab”, — dedi To`qaev.
U armiya eng murakkab jangovar topshiriqlarni bajarishga shay bo`lishi kerakligini qayd etdi.






