Toshkent shahrida yangi o`quv yilining ilk kunida jamoat transporti (avtobus va elektrobuslarining) faoliyati to`g`risida ma`lumot berildi.
Unga ko`ra, 2023 yil 4 sentyabr kuni:
- Avtobus yo`nalishlari soni — 167 ta;
- Yo`nalishga chiqarilgan avtobuslar soni — 1707 ta;
- Yo`lovchilar soni — 806 721;
- Qatnovlar soni — 21 718;
- Oraliq interval — 8-10 daqiqa;
- Daromad — 1 milliard so`mdan ziyod bo`lgan.
Ushbu ko`rsatkichlar 2022 yil 5 sentyabr kuni quyidagicha bo`lgan:
- Avtobus yo`nalishlari soni — 152 ta;
- Yo`nalishga chiqarilgan avtobuslar soni — 841 ta;
- Yo`lovchilar soni — 414 874;
- Qatnovlar soni — 11 127;
- Oraliq interval — 15-20 daqiqa;
- Daromad — 482 574,4 ming so`m bo`lgan






