AsosiyJamiyat

Uch yil avval Rossiyada o`ldirilgan o`zbekistonlik erkakning jasadi topildi

'Uch yil avval Rossiyada o`ldirilgan o`zbekistonlik erkakning jasadi topildi'ning rasmi

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida 2020 yilda o`ldirilgan erkakning jasadi topildi. Bu haqda Rossiya Tergov qo`mitasining Sankt-Peterburg boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2023 yilning 30 avgust kuni shaharning Fin ko`rfazidan noma`lum erkak jasadi topilgan. Tergov davomida jabrlanuvchi 1985 yilda tug`ilgan O`zbekiston fuqarosi ekani ma`lum bo`lgan. Uning xotini 2021 yilda erining bedarak yo`qolgani bo`yicha murojaat qilgan.

Tergov hujjatlariga ko`ra,, marhum 2020 yilning 4-5 sentyabr kunlari qidiruvda bo`lgan hamyurti H.Q. va uning sherigi tomonidan avvaliga Krilenko ko`chasidagi uylardan birining zinapoyasida va keyin uyning ichida kaltaklangan. Jarohatlar oqibatida halok bo`lgan erkakning jasadi dastlab Mistolovo qishlog`iga olib keltilgan. Ayblanuvchilar yo`lda mashinani almashtirib, «Parnas» metro bekatiga, undan keyin esa Kronshtadtdagi to`g`on tomon yo`l olgan. Yo`lda ular kanalizasiya qopqog`ini topib, u orqali jasadni Fin ko`rfaziga uloqtirgan.

Holat yuzasidan Rossiya Jinoyat kodeksining 105-moddasi (qotillik) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Mazkur jinoyatni sodir etganlikda ayblangan H.Q. 2023 yilning yanvar oyida etti yilga ozodlikdan mahrum qilingan.

    Boshqa yangiliklar