SpaceX kompaniyasining to`rtta astronavt bo`lgan Crew Dragon-6 kosmik kemasi Xalqaro kosmik stansiyaga (XKS) olti oylik missiyasidan so`ng erga qaytdi, deb xabar bermoqda NASA.
Qaytish AQShning Sharqiy qirg`og`i vaqti bilan 00:17 da Florida shtatidagi Jeksonvill yaqinida sodir bo`lgan.
Crew Dragon-6 kosmik kemasining xalqaro ekipaji tarkibiga amerikalik astronavtlar Stiven Bouen va Vudi Xoburg, rossiyalik kosmonavt Andrey Fedyaev va BAA astronavti Sulton Al-Neyadi kiradi.
NASA rahbari Bill Nelsonning aytishicha, ekipaj XKSga parvozi davomida yuzlab ilmiy tajribalar o`tkazgan.
“Crew Dragon-6 ning hissasi NASAning Oyga qaytishiga, Marsda harakatlanishiga va Artemida dasturi orqali Erdagi hayotni yaxshilashga yordam beradi”, dedi u.
Ekipaj NASAning Texas shtatining Xyuston shahridagi Jonson kosmik markaziga boradi.





