AsosiyJamiyat

Bugun Toshkentning ikkita tumanida "svet" o`chadi

'Bugun Toshkentning ikkita tumanida "svet" o`chadi'ning rasmi

Toshkentning ayrim hududlarida 5 sentyabr kuni elektr ta`minoti vaqtincha to`xtatiladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ axborot xizmati xabar berdi.

Unga ko`ra, iste`molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi etkazib berilishini ta`minlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko`rish maqsadida ertaga, 5 sentyabr kuni quyidagi manzillarda elektr ta`minoti vaqtincha o`chiriladi:

Mirobod tumani: “Avloniy” MFYning ayrim ko`chalarida soat 09:00 dan 16:00 gacha;

Olmazor tumani: “Xoncharbog`”, “Namuna” va “Qorasaroy” MFYlarining ayrim ko`chalarida soat 08:00 dan 17:00 gacha.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali mazkur ta`mirlash ishlari tufayli elektr ta`minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli etkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi iste`molchilardan uzr so`ragan.

    Boshqa yangiliklar