Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskva don shartnomasi bo`yicha muzokaralarga tayyor ekanini aytdi. Rossiya etakchisi bu haqda Sochida Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdog`an bilan muzokaralari chog`ida gapirdi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
”Bilaman, siz bugun g`alla bitimi masalasini ko`tarmoqchisiz. Biz bu borada muzokaralar uchun ochiqmiz”, — dedi Rossiya prezidenti.
G`alla bo`yicha kelishuv o`tgan yilning iyul oyida tuzilgan edi. Uning doirasida Qora dengizda Ukraina portlaridan g`alla eksporti uchun koridorlar yaratildi. Shartnomalarning ikkinchi qismida Rossiya qishloq xo`jaligi eksportiga cheklovlarni yumshatish nazarda tutilgandi.
Bitim bir necha bor uzaytirilgan, ammo 17 iyulda Moskva unda ishtirok etishni to`xtatganini e`lon qilgandi. Sabab – Rossiya kelishuvning ikkinchi qismiga rioya etilmaganini ta`kidladi.
Rossiya o`z talablariga rioya qilgan holda shartnomalarga qaytishga ruxsat beradi. Ular orasida Rosselxozbankning SWIFT tizimiga qayta ulanishi, qishloq xo`jaligi texnikalari uchun butlovchi qismlarni etkazib berishni tiklash, Rossiya o`g`itlarini eksport qilishdagi cheklovlarni olib tashlash kabilar bor.






