“Kazgidromet” Qozog`istonda 5–7 sentyabr kunlari qanday ob-havo kuzatilishi mumkinligi haqida ma`lumot berdi. Bu haqda Tengrinews xabar berdi.
Prognozga ko`ra, yaqin kunlarda Respublikaning aksariyat hududlarida yomg`irli, momaqaldiroq va kuchli shamollar bilan salqin ob-havo saqlanib qoladi. Qozog`iston janubi-sharqining tog`li hududlarida vaqti-vaqti bilan yomg`ir va qor shaklida kuchli yog`ingarchilik bo`lishi kutilmoqda.
“Kechasi va ertalab Respublikamizning shimoli-g`arbiy, shimoliy, sharqiy va markazida tuman tushishi kutilmoqda. Havo harorati shimoliy, shimoli-g`arbiy qismida, respublika markazida 2 darajagacha bo`lishi prognoz qilingan. Kechasi harorat 2 va 10 daraja, kunduzi esa 10-20 darajagacha ko`tarilishi kutilmoqda”, — deydi sinoptiklar.






