AsosiyJamiyat

Samarqanddagi universitetda plita qulashi oqibatida jabrlanganlar soni ko`p ekani ma`lum bo`ldi. Ularning barchasi qizlar

'Samarqanddagi universitetda plita qulashi oqibatida jabrlanganlar soni ko`p ekani ma`lum bo`ldi. Ularning barchasi qizlar'ning rasmi

Avvalroq, Samarqand Davlat universiteti Kattaqo`rg`on filiali faollar zalidagi beton plita qulab tushgani haqida xabar bergan edik. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, hodisa oqibatida ikki kishi jabrlangani aytilgan edi. Keyinchalik jabrlanganlar soni ko`proq ekani aytild. 

Unga ko`ra, 2023 yil 4 sentyabr kuni soat taxminan 10:50 larda Kattaqo`rg`on shahrida joylashgan SamDUning Kattaqo`rg`on filialidagi zali shift qismiga o`rnatilgan temir beton plitasi qulab tushganligi oqibatida 6 nafar talaba qiz tan jarohati olgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov Darakchi.uz'ga ma`lum qildi. 

Hozirda binoning qurilishi hamda mukammal ta`mirlanishi holati mutaxassislar jalb qilingan holda o`rganilmoqda.

Mazkur holat yuzasidan Kattaqo`rg`on shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
 

    Boshqa yangiliklar