Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo`g`an rossiyalik mavqedoshi Vladimir Putin bilan muzokara o`tkazish uchun Istanbuldan Sochiga uchib ketdi. Bu haqda “A Haber” telekanali xabar berdi.
Bugun, 4 sentyabr kuni tushda Putin va Erdo`g`an Sochida uchrashadi. Bu ularning deyarli bir yillik tanaffusdan keyingi ilk yuzma-yuz uchrashuvi bo`ladi. Prezidentlar Qora dengizdagi don bitimi atrofidagi vaziyat, Moskva va Kiev o`rtasida mahbuslar almashinuvi masalasi, Rossiya gazini Turkiya hududi orqali Evropaga tashish loyihasini, shuningdek, Suriya va Ukrainadagi urushni muhokama qilishi kutilmoqda.






