AsosiyDunyo

Qozog`istonda talabalarning stipendiyasi joriy o`quv yilidan 50 foizga oshirildi

'Qozog`istonda talabalarning stipendiyasi joriy o`quv yilidan 50 foizga oshirildi'ning rasmi

Qozog`istonda kollej talabalarini rag`batlantirish maqsadida stipendiya miqdori bosqichma-bosqich – 2023 yil 1 sentyabrdan boshlab 50 foizga oshirildi. 2024 yilda esa 100 foizga oshirilishi kutilmoqda. Bu haqda “Kazinform” xabar berdi. 

Ma`lumotlarga ko`ra, joriy o`quv yilida 190 ming yoshlar kollej talabasi bo`lgan. Ulardan 133 ming nafari davlat ta`lim buyurtmasi bo`yicha o`qiydi. Korxonalar talabiga binoan 10 ming talaba ta`lim oladi.

Qozog`iston Prezidenti topshirig`iga ko`ra, joriy yilda ta`lim tizimidagi buyurtma 50 ming o`ringa etkazilgan. Kvota bo`yicha 75 ming nafar texnika va kasb-hunar kolleji talabalari o`qishga qabul qilindi.
Qayd etish joizki, davlat buyurtmasi texnik mutaxassisliklarga qayta yo`naltirilgan. Ular orasida geologiya, energetika, metallurgiya, mashinasozlik, transport, IT, qurilish, pedagogika va tibbiyot kabi sohalar bor.

Davlat buyurtmasi bo`yicha ta`lim olayotgan talabalar ijtimoiy qo`llab-quvvatlash, jumladan, stipendiyalar, ovqatlanish va yo`lkiralar bilan ta`minlanadi. Shuningdek, yangi o`quv yilida kollej talabalari uchun 2,5 ming o`rinli 13 ta yangi yotoqxona foydalanishga topshirilgan.

    Boshqa yangiliklar