AsosiyJamiyat

O`zbekistonda o`qituvchilar malakasini oshirish va ularga munosib sharoit yaratish borasida nimalar qilinmoqda?

'O`zbekistonda o`qituvchilar malakasini oshirish va ularga munosib sharoit yaratish borasida nimalar qilinmoqda?'ning rasmi

O`qituvchilikka qabul qilish jarayoni tanlov asosida tashkil etiladi.

Bunda, ilk bor qabul qilingan nomzodlar 1 yil o`qituvchi-stajyor bo`lib ishlaydi va yil yakuni bilan kasbiy sertifikat olishi shart bo`ladi. Kelgusida bu tizim barcha o`qituvchilar uchun bosqichma-bosqich joriy qilinadi.

Pedagog kadrlarga kasbiy sertifikat berish tartibi Singapur va Birlashgan Arab Amirligi tajribasi asosida ishlab chiqiladi.

Muallimlarga malaka toifasini berish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

  •  Pedagogning bilimi dastlabki imtihonda baholanib, 70 foizdan ko`p ball to`plaganlar ikkinchi bosqichga o`tadi;
  •  Ilg`or pedagogik texnologiyalarni qo`llashi, o`quvchilar bilan ishlash metodikasi va baholashdagi yondashuvlari tekshiriladi, bilim va mahorati natijalariga qarab, muallimga malaka toifasi beriladi.

    Boshqa yangiliklar