O`zbekiston 2023 yilning yanvar—iyul oylarida xorijdan qiymati 130 million dollarga teng bo`lgan 1,9 million dona mobil telefon import qilgan. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, mobil telefonlar importi 2022 yilning mos davri bilan solishtirilganda 365 880 taga oshgan.
O`zbekistonga etti oyda eng ko`p mobil telefon Xitoydan import qilingan — 1,7 million dona. Undan keyingi o`rinlarda Vetnam (189,2ming) va Hindiston (14,3 ming) turibdi.
Mobil telefon import qilingan davlatlar:
- Qozog`iston – 2,4 ming dona;
- BAA – 1,9 ming dona.






