Joriy yilning 1 sentyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda “MuhammadYusuf bolajonlari” bog`chasidagi tarbiyachi bolalarni urayotgani aks etgan videolar tarqaldi.
Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta`limi boshqarmasi mazkur holatga munosabat bildirdi.
“Mazkur holat darhaqiqat Andijon viloyati Marhamat tumanidagi ‘MuhammadYusuf bolajonlari’ nodavlat ta`lim tashkilotida sodir bo`lib, ushbu holatga yo`l qo`ygan ta`lim tashkiloti tarbiyachisi egallab turgan lavozimidan ozod etildi”, — deyiladi munosabatda.
Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab bo`lib, ta`lim tizimi imijiga salbiy ta`sir o`tkazuvchi holatni yuzaga keltirgani uchun maktab rahbariyatiga belgilangan tartibda intizomiy chora qo`llangan.






