Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida avtobus qarama qarshi tarafdan harakatlangani aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Toshshahartransxizmat rasmiy ma`lumot berdi.
Qayd etilishicha, mazkur holat joriy yilning 28 avgust kuni "1-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan "King Long" rusumli, davlat raqami 01|824 LKA bo`lgan 93-sonli "Food city savdo majmuasi - Yunusobod mavzesi 9-daha" avtobus yo`nalishi haydovchisi O.R. tomonidan amalga oshirilgan.
Hozirda mazkur qoidabuzarlikka nisbatan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo`l harakati xavfsizligi xodimlari tomonidan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, qoidani buzgan avtobus haydovchisi jarimaga tortilgan.






