AsosiyDunyo

BMT Bosh kotibi G20 sammitida qatnashadi

'BMT Bosh kotibi G20 sammitida qatnashadi'ning rasmi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish sentyabr oyida yuqori darajadagi qator xalqaro tadbirlarda, xususan 9-11 sentyabr kunlari Dehlida bo`lib o`tadigan G20 sammitida qatnashadi.

“BMT Bosh assambleyasining navbatdagi yig`ilishiga qizg`in tayyorgarlik ko`rilar ekan, men Keniyada o`tadigan Afrikaning iqlim o`zgarishi sammitida, Indoneziyadagi ASEAN, Hindistondagi G20 va Kubadagi G77 oliy darajadagi yig`ilishlarida ishtirok etish uchun yo`lga chiqmoqdaman. Bunday turli sammitlar dunyoning o`sib borayotgan ko`p qutbliligini aks ettiradi”, dedi Bosh kotik jurnalistlar bilan uchrashuvda.

U, shuningdek, xalqaro institutlar islohoti zarurligini yana bir bor qayd etdi.

BMT Bosh assambleyasi sessiyasi 19 sentyabrda ish boshlaydi.

    Boshqa yangiliklar