AsosiyJamiyat

Marhamat tumanidagi o`zbek-qirg`iz chegara posti ochildi

'Marhamat tumanidagi o`zbek-qirg`iz chegara posti ochildi'ning rasmi

Andijon viloyati Marhamat tumanida o`zbek-qirg`iz chegara posti ochildi. Bu haqda viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov o`z sahifasida ma`lum qildi. 

1 sentyabr, juma kuni Marhamat tumanidagi Qirg`iziston bilan chegara posti ochilish marosimi bo`lib o`tdi. Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov ochilish marosimida qatnashib, ikki elni birlashtiruvchi  rejalaridan yana biri amalga oshgani bilan tabrikladi.

“Avvalambor, barchangizni kecha siz nishonlagan Qirg`iziston mustaqilligi kuni bilan, bugun O`zbekistonimizda nishonlanayotgan Vatanimiz mustaqillik bayrami bilan chin yuragimdan tabriklayman. Hurmatli prezidentimiz tashabbuslari bilan, qolaversa Qirg`iziston prezidenti qo`llab-quvvatlovi bilan ikki elni birlashtirish bo`yicha juda katta-katta ishlar amalga oshirilyapti”, — deydi viloyat hokimi.

    Boshqa yangiliklar