Janubiy Afrika Respublikasining Yoxannesburg shahri markazidagi besh qavatli binoda sodir bo`lgan yong`in oqibatida halok bo`lganlar soni 73 kishiga etdi, deb xabar bermoqda Zamon.uz.
Avvalroq 63 kishi halok bo`lgani haqida xabar berilgandi. Jurnalistlarning so`zlariga ko`ra, qurbonlar orasida etti nafar voyaga etmaganlar ham bor, ularning eng kichigi bir yosh. Qayd etilishicha, bir necha kishi yong`indan qochishga urinib, derazadan sakrab halok bo`lgan.
Hozirda yong`in o`chirilgan. Omon qolganlarni topish ishlari olib borilmoqda. Binoda norasmiy ravishda 200 ga yaqin boshpanasiz odam yashagan.






