AsosiyJamiyat

Biz jahonga faqat xom ashyo emas, avvalo ilm-ma`rifat, ma`naviy boylik etkazib bergan ne-ne ulug` zotlarning avlodimiz — Shavkat Mirziyoev.

'Biz jahonga faqat xom ashyo emas, avvalo ilm-ma`rifat, ma`naviy boylik etkazib bergan ne-ne ulug` zotlarning avlodimiz —  Shavkat Mirziyoev.'ning rasmi

Prezident o`zbek xalqi  avvalo ilm-ma`rifat, ma`naviy boylik etkazib bergan ne-ne ulug` zotlarning avlodi ekanini qayd etgan. 

“Agar 3 ming yillik tariximizga nazar tashlaydigan bo`lsak, ota-bobolarimiz asrlar mobaynida dunyo tamadduniga nafaqat jismoniy, balki intellektual mehnati bilan ulkan hissa qo`shganiga guvoh bo`lamiz.

Biz jahonga faqat xom ashyo emas, avvalo ilm-ma`rifat, ma`naviy boylik etkazib bergan ne-ne ulug` zotlarning avlodimiz. Hech shubhasiz, ularga xos bo`lgan buyuk fazilatlar, ular yaratgan shonli an`analar bugun ham bizning qalbimizda, ongimizda, hayotimizda yashamoqda”, — deya ta`kidlagan Shavkat Mirziyoev. 

Davlat rahbari, shuningdek, O`zbekiston iqtisodiyotining yaqin kelajakdagi asosiy lokomotivlariga aylanadigan yo`nalishlar haqida aytib o`tgan. 

“Men ishonaman, biz bu tarixiy yo`lni munosib davom ettirishga har tomonlama qodirmiz. Bugungi kunda dunyo xaritasida tutgan o`rnimiz, o`z oldimizga qo`yayotgan juda ulkan maqsad va marralarimiz ham aynan shuni taqozo etmoqda.

Shundan kelib chiqqan holda, biz transport-logistika tizimi bilan birga, bugun zamonning o`zi talab qilayotgan ilm-fan, innovasiya, IT va aqliy mehnatga asoslangan boshqa sohalarni jadal rivojlantirishga ustuvor ahamiyat qaratyapmiz. Aynan shu yo`nalishlar O`zbekiston iqtisodiyotining yaqin kelajakdagi asosiy lokomotivlariga aylanadi”, — deydi prezident.

    Boshqa yangiliklar