Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Surxondaryo viloyati hokimi ishtirokida o`tkazilgan yig`ilishda Sariosiyodagi 29-maktab direktori Umida Tursunova bilan bog`liq holat keskin muhokamalarga sabab bo`lgan edi.
Ijtimoiy tarmoqlarda maktab direktori Umida Tursunova kaltaklab ketilgani aytilmoqda.
Bu haqda uning singlisi video murojaat yo`lladi.
Uning so`zlariga ko`ra, Tursunova boshqa bir o`qituvchining oila a`zolari tomonidan kaltaklangan. Ayni paytda u shifoxonada ekani ma`lum qilindi.






