Mamlakatimizning Dubaydagi Bosh konsulxonasi hamyurtimiz, BAAdagi o`zbek diasporasi faoli Gulnora Meliboeva bilan birgalikda O`zbekiston Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligiga insonparvarlik yordamini jo`natdi. Bu haqda "Dunyo" AA muxbiri xabar bermoqda.
Umumiy qiymati 14 ming dollardan ortiq bo`lgan ushbu insonparvarlik yordami tarkibi 414 dona 3 yoshgacha bo`lgan bolalar kiyimlaridan iborat.
Beg`araz yordam yuklari "Uzbekistan Airways" aviakompaniyasi samolyotida yurtimizga bepul etkazib beriladi.
O`zbekiston Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi davlatimiz rahbarining "Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam ko`rsatish hamda ularning samarali nazorat qilish tizimini yo`lga qo`yish bo`yicha kompleks chora-tadbirlar to`g`risida"gi qaroriga muvofiq tashkil etilgan.
Agentlik aholini ijtimoiy muhofaza qilish va ijtimoiy xizmatlar ko`rsatish sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish bo`yicha vakolatli organ hisoblanadi.






