Kaliningradda O`zbekiston fuqarosi 16 yoshli qizni o`g`irlab ketdi. Bu haqda “Baza” nashri xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, yigit qizni uyiga olib ketib, uylanmoqchi bo`lgan.
Qayd etilishicha, 22 yoshli o`zbekistonlik shahardagi “Imperial park” ot sporti klubida otboqar bo`lib ishlagan.
“U oila qurish vaqti keldi, deb o`ylagan. Bundan tashqari, yigit uzoq vaqtdan beri klubdagi 16 yoshli chavandoz qizni yaxshi ko`rardi. Keyin uni O`zbekistondagi uyiga olib ketish fikri tug`ilgan”, — deb ta`kidlaydi nashr.
29 avgust kuni kechqurun yigit voyaga etmagan qizni ot sporti to`garagidan chiqish joyida tutib olib, unga pichoq o`qtalgan va o`zi bilan birga aeroportga borishga majburlagan.
Qiz aeroport xodimlariga ogohlantiruvchi signal bergan, natijada migrasiya xizmati xodimlari O`zbekiston fuqarosini qo`lga olishga muvaffaq bo`lgan.






