AsosiyJamiyat

Taxtako`pirlik 123 yoshli onaxon “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi

'Taxtako`pirlik 123 yoshli onaxon “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi mustaqilligining o`ttiz ikki yilligi arafasida Qoraqalpog`iston Respublikasi Taxtako`pir tumanidan 123 yoshli Biybixan Akimniyazova “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi.

Onaxon 1900 yilda Chimboy tumanida tavallud topgan, 1968 yildan buyon Taxtako`pir tumani “O`zbekiston” mahalla fuqarolar yig`inida yashab kelmoqda. Dastlab sobiq jamoa xo`jaligida, ikkinchi jahon urushi davrida va urushdan keyingi yillarda xalq xo`jaligining turli sohalarida fidokorona mehnat qildi.  

Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi raisi Amanbay Orinbaev bayram arafasida onaxon xonadonida bo`lib, mamlakat mustaqilligining o`ttiz ikki yilligi bilan muborakbod etdi. Unga “Shuhrat” medalini hamda bayram sovg`alarini topshirdi.  

 

    Boshqa yangiliklar