AsosiyJamiyat

Toshkentda arzonlashtirilgan qishloq xo`jaligi mahsulotlari yarmarkalari ish boshladi

'Toshkentda arzonlashtirilgan qishloq xo`jaligi mahsulotlari yarmarkalari ish boshladi'ning rasmi

Toshkentda arzonlashtirilgan qishloq xo`jaligi mahsulotlari yarmarkalari ish boshladi. Mustaqillik bayrami arafasida yo`lga qo`yilgan savdolar ertalab 8:00 dan boshlanadi va 12 soat davom etadi. Yarmarkalarda mol go`shtini 60 000, qo`y go`shtini 65 000, bir dona tuxumni 1 200, kartoshkani 3 000-3 500, piyozni 2500, guruchni 11 000-18 000, shakarni 12 000-13 000, 0,8 litrlik paxta yog`ini 12 000 so`mga xarid qilish imkoni bor.

Mahsulotlarga narxlarning pasayishiga mutasaddilar bozorlarda fermer va dehqonlarga savdo nuqtalarining bepul berilishi asosiy sabablardan biri sifatida ko`rsatilmoqda.

    Boshqa yangiliklar