AsosiyJamiyat

O`zbekistondagi maktablarning yangi tahrirdagi namunaviy ustavi tasdiqlandi

'O`zbekistondagi maktablarning yangi tahrirdagi namunaviy ustavi tasdiqlandi'ning rasmi

Prezidentning «Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida»gi farmoniga muvofiq, maktab ta`limi tizimida belgilab berilgan ustuvor vazifalardan kelib chiqib umumiy o`rta ta`lim maktablarining yangi tahrirdagi namunaviy ustavi tasdiqlandi.

Yangi tahrirdagi maktab ustaviga quyidagi o`zgartirish va qo`shimchalar kiritilmoqda:

  • «Ta`lim to`g`risida»gi qonun, prezident farmon va qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasi qarorlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiqlashtirildi;
  • maktab direktorlarini tayinlash tartibi (Direktorlar kengashi);
  • maktab ta`limida raqamlashtirish va davlat xizmatlarini ko`rsatish;
  • sinflarni komplektlash hamda tarifikasiya ro`yxatlarini shakllantirish tartibi;
  • o`quvchilarni kasb-hunarga yo`naltirish;
  • inklyuziv ta`lim jarayonlari.

 

Ustavda maktab ma`muriyati (direktor va o`rinbosarlarning) vazifalari, pedagog xodimlarning huquqi va majburiyatlari bugungi kun talablaridan kelib chiqib takomillashtirildi. Barcha maktab ma`muriyatlari mazkur namuna asosida maktab ustavlarini yangilab olishi hamda belgilangan tartibda ro`yxatdan o`tkazishi kerak.

 

    Boshqa yangiliklar