AsosiyJamiyat

Qashqadaryo va Xorazmdagi “103” xizmatlari uchun 50 dona yangi A toifali Volkswagen Caddy tez tibbiy yordam avtomashinalari topshirildi (video)

'Qashqadaryo va Xorazmdagi “103” xizmatlari uchun 50 dona yangi A toifali Volkswagen Caddy tez tibbiy yordam avtomashinalari topshirildi (video)'ning rasmi

Respublika tez tibbiy yordam markaziga 30 avgust kuni 50 dona A toifali Volkswagen Caddy tez tibbiy yordam avtomashinalari topshirildi, deb xabar bermoqda Sog`liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

Ma`lum qilinishicha, ushbu mashinalar Qashqadaryo va Xorazm viloyatlaridagi “103” xizmatlariga taqsimlab beriladi.

Vazirlik xabarida aytilishicha, yil yakuniga qadar yana 610 dona shunday transport vositalari hududlarga etkazib berilishi rejalashtirilgan.

Beshinchi avlod A toifali Volkswagen Caddy MQB platformasida ishlaydi. Ular 1,6 MPI atmosferali motor bilan jihozlangan bo`lib, 6 pog`onali mexanik uzatmalar qutisi va 110 ot kuchiga ega. 100 kilometr masofaga avtomobil aralash siklda 7 litr yonilg`i sarflaydi.

“Eng so`nggi va zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlangan bu avtotransport vositalari xalqaro talablarga to`la mos kelib, uning ichki qismi bemor va tibbiy xodimlarning qulay joylashishi imkonini beradi.

Shuningdek, ular shahar ichida harakatlanish bo`yicha yuqori texnik ko`rsatkichlarga ega bo`lib, o`tuvchanligi, ishonchliligi hamda tejamkorligi bilan ajralib turadi. Eng muhimi, bu avtomobillarda harakatni to`xtatmay turib ham bemorga zarur tibbiy yordam ko`rsatish mumkin”, — deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar